TGViewer
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi @ykfoundation · 30.2K subscribers
Post #18652 21.4K
✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi!

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi! Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.


❓Qoplanadigan miqdor qancha?

⏺ Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi.
⏺Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi.
⏺Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi.

🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi?
⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan;
⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari.
(Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak).


❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q!

🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi. Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi.

👉 Ariza topshirish juda oson:
💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring;
💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering;
💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
More from @ykfoundation
  1. Oct 2, 2026#TilOʻrganing #IbratFarzandlari 📢 Ingliz yoki rus tilini o‘rganing va qimmatbaho sovg‘ala…
  2. Oct 2, 2026💸 ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha ma…
  3. Oct 2, 2026#magistratura #qabul2026 #imkoniyat ⚡️🎓Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat bud…
  4. Oct 1, 2026🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish,…
  5. Oct 1, 2026🌺Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli murabbiylar! “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoa…
  6. Sep 30, 2026Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →