TGViewer
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi @ykfoundation · 30.2K subscribers
Post #18640 21.3K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan so‘zlarini yodga oldi. O‘g‘il-qizlarimiz uchun bu darvozani yanada keng ochish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish…
💬 Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani maktabdanoq chuqur o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda sinfda 25 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lsa, ushbu fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

💬 Fundamental fanlar o‘qituvchilari uchun rag‘batning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanadi, har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 million so‘mdan mukofot beriladi. Yana 1 ming o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi.

💬 Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi.

💬 Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa oladi. Prezidentimiz ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming o‘qituvchiga munosib rag‘bat bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
More from @ykfoundation
  1. Oct 2, 2026#TilOʻrganing #IbratFarzandlari 📢 Ingliz yoki rus tilini o‘rganing va qimmatbaho sovg‘ala…
  2. Oct 2, 2026💸 ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha ma…
  3. Oct 2, 2026✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi! Davlat tibbiyot mua…
  4. Oct 2, 2026#magistratura #qabul2026 #imkoniyat ⚡️🎓Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat bud…
  5. Oct 1, 2026🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish,…
  6. Oct 1, 2026🌺Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli murabbiylar! “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →