TGViewer
Xurshid Saidmuhammad | Notes Xurshid Saidmuhammad | Notes @yetakchi_notes · 529 subscribers
Post #470 1.35K
Samolyotdan avtobusgacha yetarli!

1.5 yil oldin O’zbekistonga qaytganimizda qaytish biz o’ylaganchalik go’zal o’tmadi. Toshkentga qo’ndik va samolyotdan tushib chiqish binosiga olib boradigan avtobusga borish orasidagi 50m masofada men, ayolim va o’g’lim nafas olishimiz qiyinlashib, tomog’imiz og’rib qoldi. 3 hafta davomida yuqori harorat, holsizlik va yo’tal bilan, xullas kasal bo’lib yurib keldik.

Kecha havo sifati bo‘yicha Toshkent dunyodagi eng iflos shaharlar orasida to’rtinchi o’ringa chiqibdi. (1.5yil oldin yaxshiroq edi)

@xushnudbek.uz kanalidan:
“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:27 Toshkentdagi PM2.5 miqdori (diametri 2,5 mikron va undan kichik bo‘lgan havoni ifloslantiruvchi zarrachalar) 189 ga chiqqan, bu esa Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan normal me’yordan 25 barobar yuqori degani.”


Yaponiya shaharlari esa eng toza shaharlar orasida top 5talikda turibdi. Lekin shunda ham insonlar maska(niqob) 😷 taqib yurishadi(o’z salomatliklari uchun) va bu madaniyatga aylanib bo’lgan.

Bunday iflos havoda maska taqib yurishingizga nima to’sqinlik qilyapti?

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
  • 👍 14
  • 😢 10
  • ❤ 3
More from @yetakchi_notes
  1. Apr 1, 2026Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashk…
  2. Mar 29, 2026Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davra…
  3. Mar 29, 2026Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes
  4. Jan 7, 20252 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa ke…
  5. Jan 3, 2025Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan yili eng ko’p o’qilga…
  6. Jan 2, 2025Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →