Xorazm viloyatining Urganch shahridagi Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etgan musobaqada jizzaxlik suv polosi ustalari yuqori mahorat va jamoaviy hamjihatlik namoyish etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, ikkinchi o‘rin Namangan viloyati, uchinchi o‘rin esa Farg‘ona viloyati jamoasiga nasib etdi.
Ushbu g‘alaba Jizzax viloyatida yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mahoratini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarning munosib natijasidir.
Jizzaxlik yosh chempionlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaymiz!
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
