Zarbdor tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabining "Jasorat sinfi” o‘quvchilari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Xotira xiyobonida o‘tkazilgan tantanali marosimda yoshlar Vatanga sadoqat va xalqqa fidoyilik bilan xizmat qilishga qasamod qildilar.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari rahbarlari, "Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, maktab jamoasi hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Marosimda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash muhimligi ta’kidlandi.
Tantanali qasamod o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash va kelajakda el-urtga sidqidildan xizmat qiladigan yoshlar bo‘lib kamol topishida muhim qadam bo‘ldi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|