Zarbdor tumanida ham 300 nafarga yaqin ishsiz yosh bilan muloqot o‘tkazildi
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hududlarda manzilli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bugun Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi muloqotda 300 nafarga yaqin ishsiz yosh ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning kelgusidagi rejalari, kasbiy qiziqishlari va bandlik borasidagi ehtiyojlariga e’tibor qaratildi. Ish izlayotgan yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish kurslari, tadbirkorlikni boshlash va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘z mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan yoshlarning tajribasi ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashilib, ularni yangi tashabbuslarga undashga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida yoshlarning murojaatlari asosida ularni bandlikka yo‘naltirish va muammolarini hal etish bo‘yicha tegishki chora-tadbirlar belgilandi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Post #68016
315
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal









