TGViewer
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati @yangiobod_press · 5.16K subscribers
Post #68006 180

Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

20 TA TUMAN VA SHAHAR HOKIMI BOG‘DORCHILIK HAMDA KARTOSHKACHILIK YO‘NALISHIDAGI JIZZAXNING BAXMAL TAJRIBASI BILAN TANISHDI

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida respublikaning 20 ta tuman va shahar hokimlari, shuningdek, Germaniyadan tashrif buyurgan kartoshkachilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishidagi delegatsiya vakillari ishtirokida tajriba almashish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Baxmal tumanida bog‘dorchilik, kartoshkachilik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda Andijon viloyatining Asaka va Qo‘rg‘ontepa, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol va Zomin, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Urgut, Surxondaryo viloyatining Boysun, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Zangiota, Toshkent, Parkent, Yangiyo‘l va Qibray, shuningdek, Farg‘ona viloyatining Quvasoy va So‘x hududlari rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida kartoshkachilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, xorijiy tajribani o‘rganish, mahsulot yetishtirish hajmi va sifatini oshirish, shuningdek, uni qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📲https://gov.uz/oz/jizzax  sayti va sahifalari:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
More from @yangiobod_press
  1. Oct 17, 2026Baxmalda respublikadagi 20 ta tuman va shahar hokimlari va Germaniyadan kelgan mehmonlar z…
  2. Oct 17, 2026🇺🇿 Öz tilim — ona tilim! 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni! Ona tilimiz — milliy özlig…
  3. Oct 17, 2026Zarbdor tumanida ham 300 nafarga yaqin ishsiz yosh bilan muloqot o‘tkazildi Yoshlarni qo‘l…
  4. Oct 17, 2026🎥 Videoreportaj: Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi Xalq d…
  5. Oct 17, 2026ZARBDORDA "JASORAT SINFI” O‘QUVCHILARI QASAMOD QILDI Zarbdor tumanidagi 9-sonli umumta’lim…
  6. Oct 17, 2026YANGIOBOD TUMANI MARKAZI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA Yangiobod tumani markazida hududni obod…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →