TGViewer
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati @yangiobod_press · 5.16K subscribers
Post #67983 171

Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

JIZZAXDA 435 NAFAR YoSh SPORTCHIGA SPORT FORMALARI TOPSHIRILDI

Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport formalari topshirildi.

Tadbir davomida markazda tahsil olayotgan 435 nafar yosh sportchiga sport formalari tarqatildi. Mazkur tashabbus yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda muntazam mashg‘ulotlar uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Markaz rahbariyati yosh sportchilarni quvonchli voqea bilan tabriklab, ularga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar, yuqori natijalarga erishish va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishlarini tiladi.

Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli sportchilarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun Prezidentimizga hamda Sport vazirligiga minnatdorlik bildirildi.

Bunday tashabbuslar yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z mahoratini oshirishi va kelgusida nufuzli musobaqalarda munosib natijalarni qo‘lga kiritishi uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
More from @yangiobod_press
  1. Oct 17, 202620 TA TUMAN VA SHAHAR HOKIMI BOG‘DORCHILIK HAMDA KARTOSHKACHILIK YO‘NALISHIDAGI JIZZAXNING…
  2. Oct 17, 2026BAXMALDAGI “NATURAL JUST” KORXONASI FAOLIYATI KO‘ZDAN KECHIRILDI Baxmal tumaniga tashrif b…
  3. Oct 17, 2026BAXMAL TUMANIDA KARTOSHKACHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI Baxm…
  4. Oct 17, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning…
  5. Oct 17, 2026#Yangiobod_tumani TUMAN HOKIMINING SHAXSIY QABULI Yangiobod tumani hokimi, Xalq deputatlar…
  6. Oct 17, 2026#Yangiobod_tumani YANGIOBOD TUMANIDA UMUMXALQ HASHARI DAVOM ETMOQDA! Yangiobod tumani maha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →