#Yangiobod_tumani
YANGIOBOD TUMANIDA UMUMXALQ HASHARI DAVOM ETMOQDA!
Yangiobod tumani mahallalarida “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
Hashar doirasida ko‘chalar va yo‘l yoqalari begona o‘tlar hamda chiqindilardan tozalanib, ariqlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, qabristonlarda obodonlashtirish, aholi xonadonlarida esa ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar! Sizni ham umumxalq hasharida faol qatnashishga, mahallalarimizni obod, ko‘chalarimizni ozoda saqlashga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
Post #67995
170






