Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Jizzax viloyatida 6,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Mamlakatimiz bo‘yicha joriy yilning dastlabki sakkiz oyida qurilish ishlari hajmi 259,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratilsa, Jizzax viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Sirdaryo viloyatidagi 5,3 trln so‘mlik ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ldi.
Qurilish sohasidagi faollik hududning iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Endilikda mazkur ko‘rsatkichlarning o‘sishi bilan bir qatorda, qurilayotgan obyektlarning sifati, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi va ularning aholi ehtiyojlariga xizmat qilishi ham muhim mezon hisoblanadi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
