Jizzax viloyati hokimi U.Mustafoyevning topshirig‘iga muvofiq, joylarda ishsiz yoshlar bilan mas’ul rahbarlar uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Bugun G‘allaorol tumanida 800 nafarga yaqin, Baxmal tumanida esa 1000 nafardan ziyod yoshlar bilan muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning bandlikka oid murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari muhokama etildi.
Jumladan, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, hozirgi kunda yuqori natijaga erishayotgan, na'munali yoshlar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilib, ishtirokchilar o'zlariga kerakli tavsiyalarni olmoqda.
Har bir yoshning murojaatini manzilli o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Asosiy maqsad — yoshlarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Post #67826
259
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal









