TGViewer
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati @yangiobod_press · 5.18K subscribers
Post #67825 291
📊📊BRIFING

Assalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, qadrli yurtdoshlar!


Bugun, 15-oktabrdan mamlakatimizda muhim statistik tadbir — biznesni ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-oktabridan 30-noyabriga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi.


Avvalo, biznesni ro‘yxatga olish nima va uning natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qanday foyda keltiradi, degan savollarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Bugun yurtimizda minglab korxonalar, tadbirkorlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar turli sohalarda faoliyat yuritmoqda.


Ularning har biri iqtisodiyotimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, aholini ish bilan ta’minlamoqda.
Lekin iqtisodiyotni to‘g‘ri baholash va kelgusida uni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish uchun ushbu faoliyatlar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Biznesni ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat.

Ya’ni mamlakatimizda amalda qancha iqtisodiy birlik faoliyat yuritayotgani, qaysi sohalarda ishlayotgani, qancha fuqaroni ish bilan ta’minlayotgani va iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shayotganini aniqlashdir.


Oddiy bir misol keltiraman. Aytaylik, bir hududda aholi soni ortib bormoqda. Lekin u yerda qancha savdo korxonasi, ishlab chiqarish obyekti yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi borligi haqida to‘liq ma’lumot mavjud emas.

Bunday sharoitda qayerda yangi korxona ochish, qaysi sohani rivojlantirish, qaysi tarmoqqa investitsiya yo‘naltirish yoki qanday infratuzilma yaratish zarurligini aniq belgilash qiyin.

Endi ushbu tadbirda kimlar ishtirok etishi va ro‘yxatga olish qanday tartibda amalga oshirilishi haqida ma’lumot bermoqchiman.

👉 BATAFSIL
___________________________________

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook  🌐Instagram 📹 Youtube
More from @yangiobod_press
  1. Oct 16, 2026#40_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim…
  2. Oct 16, 2026Bugun 16-oktyabr 2026-yil, juma 👉 VOQEALAR: - 1346 - Nevills-Kross jangi. - 1555 - Angliy…
  3. Oct 15, 2026Davlatimiz rahbari Bokuda Vyetnam vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. — Глава нашег…
  4. Oct 15, 2026Jizzax viloyati hokimi U.Mustafoyevning topshirig‘iga muvofiq, joylarda ishsiz yoshlar bil…
  5. Oct 15, 2026Sammit doirasida Prezidentimiz Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi. — В рамках саммита Пр…
  6. Oct 15, 2026O‘zbekistonda sug‘orishsiz bog‘ yaratish imkoniyatlari Manba 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →