#Yangiobod_tumani
YOSHLAR QALBIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USI MUSTAHKAMLANMOQDA
Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, ularda milliy g‘urur, sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Vatanparvarlik” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Yangiobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, o‘quvchilarga soha faoliyati, xizmatda foydalaniladigan maxsus vositalar hamda zamonaviy maxsus avtomobillar haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, o‘quvchi-yoshlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
Post #67813
358









