#Yangiobod_tumani
"Ona tilim — faxrim, g‘ururim, sen yuragim, sen iftixorim.
Yurtimizda milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom — 21-oktabr ,,O‘zbek tiliga Davlat tili" maqomi berilgan kun nafasi yaqinlashib kelmoqda. Ajdodlardan bizga qolgan bu bebaho xazina — millatimizning ko‘zgusi, ma’naviy ildizimiz va kelajagimizdir.
Ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Jizzax viloyati Yangiobod tuman 37-son Madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ehtirom va sadoqatni ifoda etuvchi maxsus she'riy tabrik tayyorlandi.
Keling, o‘zimizning beg‘ubor, boy va jozibali ona tilimizni asraylik, qadrlaylik va uni doimo faxr bilan baralla kuylaylik! Tilimiz barhayot ekan, millatimiz hamisha yashaydi!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
Post #67937
223
- ❤ 1