TGViewer
Channel Public Channel
Xalqaro Nordik Universiteti_ARM

Xalqaro Nordik Universiteti_ARM

@xnu_arm

📚Xalqaro Nordik Universitetining axborot-resurs markaziga tegishli rasmiy Telegram sahifa!

Murojaat uchun: @arm_Nordic
Subscribers
1.26K
Photos
2.8K
Videos
109
Links
420
Recent Posts 17 shown
Post #5234 272

Forwarded from Birga kitob o‘qiymiz

🌟Kitoblar haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot


⏱️ 1. Insonlar kitob o’qish uchun haftasiga o’rtacha 6,5 soat vaqt sarflaydilar.

📚 2. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, bolalarni o’qishga o’rgatish uchun eng qulay davr 4-6 yosh hisoblanadi. 6-7 yoshdan keyin esa o’qishni o’rgatish nisbatan qiyinroq bo’ladi.

✍️ 3. Roman yozish uchun o’rtacha 475 soat sarf qilinadi.

🏛 4. Qadimda kutubxonalarda kitoblar tokchalarga saqlanar va ularni o’g’irlab ketmasliklari uchun zanjir bilan kishanlashga majbur bo’lishgan.

📖 5. Kitob do’konining xaridori kitobning old muqovasiga qarab o’rtachasiga 8 soniya va orqa muqovasiga qarab 15 soniya vaqt sarflaydi.

✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
  • ❤ 1
Post #5233 599
📚Kitobxonlikka endi qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan insonlarda ʼʼKitob o‘qishning nima foydasi bor o‘zi?ʼʼ degan savol bo‘lishi tabiiy. Bugun siz bilan yetarlicha va arzirli sabablarni ko‘rib chiqamiz.


↪️1. Keng dunyoqarash – turli mavzularda, janrlarda kitob o‘qiydigan insonlarning dunyoqarashi ancha keng bo‘ladi.

↪️2. Chuqur fikrlash – fikrlashlari bilan o‘qimaydiganlardan ajralib turadi. Biror savolga turli jihatdan yondashib, tushunarli javob berishadi

↪️3. So‘z boyligi – kitobxonlarning nutqi ravon bo‘ladi, ular gapirayotgan vaqtda sizni o‘ziga jalb qila oladi

↪️4. Sabrlilik (Diqqat) – bugungi kunda insonlar uchun eng kerakli hamda kundan kunga kamayib borayotgan diqqatni uzoq vaqt jamlab turish va bir ishni oxiriga yetkazish ko‘nikmalari shakllanadi

↪️5. Empatiya – boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishni o‘rganishadi. Bir nechta hayotlarda yashab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi

↪️6. Ijodiylik va yangicha qarash – hayotga noodatiy yondashishni o‘rganishadi

↪️7. O‘z-o‘zini rivojlantirish – O‘zini sohasida kitob o‘qish ularni eng yaxshi kadr bo‘lib yetishishiga yordam beradi.

📖 Endi sizda kitobxon bo‘lish uchun yetarlicha sabab bor. Kitob o‘qishning yana qaysi foydalari qolib ketdi, kommentda davom ettiring?

🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #5231 1.84K
Dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan davlatlar aniqlandi.

Tadqiqot natijasiga koʻra, dunyo boʻyicha aholisi eng koʻp vaqtni kitob oʻqishga sarflaydigan davlatlar roʻyxati tuzildi.

🌍 Top-10 mamlakatlar:

1️⃣ AQSh – 357 soat
2️⃣ Hindiston – 352 soat
3️⃣ Buyuk Britaniya – 343 soat
4️⃣ Fransiya – 305 soat
5️⃣ Italiya – 278 soat
6️⃣ Rossiya – 223 soat
7️⃣ Avstraliya – 217 soat
8️⃣ Ispaniya – 187 soat
9️⃣ Niderlandiya – 187 soat
🔟 Shvetsiya – 157 soat

❓Siz necha soat kitob oʻqishga vaqt ajratasiz va qaysi janrni afzal ko‘rasiz?
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #5228 1.46K

Forwarded from Nordic International University

📰 Investitsiya barqarorligi va yangi sherikliklar: forum ortidagi muhim omillar Nordik olimlari nigohida

📌 "Yangi O‘zbekiston" gazetasida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hasan Sobirovning maqolasidagi tahlil mohiyati — saytimizda...

🌐 Web-site  
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #5227 1.29K
📚 Kitob o‘qigan kishi…

↪️1. Vasvasa va g‘am-anduhlarni tez haydaydi.
↪️2. Nohaqlikka tushishdan uzoq bo‘ladi.
↪️3. Bekorchilardan yiroq bo‘ladi.
↪️4. Tili ravon bo‘ladi, kalom mashqini oladi, balog‘at va fasohatni egallaydi.
↪️5. Aqli rivojlanadi, zehni yangilanadi, xotirasi kuchayadi.
↪️6. Bilimga boy bo‘lib, tushunchasi oydinlashib boradi.
↪️7. Insonlar tajribalarini, ulug‘lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o‘zlashtiradi.
↪️8. Ilmiy malakasi oshadi, hayot haqidagi madaniy ongi rivojlanadi.
↪️9. Iymoni ziyoda bo‘ladi, xususan diniy kitoblarni o‘qiganda. Kitob eng buyuk nasihatchi va yaxshi ishlarga undovchidir.
↪️10. Zehn parishonligi, qalb bo‘linishi va vaqt zoe bo‘lishining oldini oladi.
↪️11. So‘zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini va hikmat sirlarini anglaydi.

Kitob nafaqat bilim beradi, balki qalb va ruhni ham tarbiyalaydi.
  • ❤ 4
  • 🔥 1
  • 🙏 1
Post #5226 1.07K

Forwarded from STATISTIKA | Rasmiy kanal

🎓 Ўзбекистонда 215 та олий таълим ташкилотлари фаолият юритмоқда

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025/2026 ўқув йили бошида Ўзбекистонда фаолият юритаётган олий таълим ташкилотлари сони 215 тани ташкил этган (филиаллар билан бирга).

📊 Уларнинг сони аввалги ўқув йили бошига нисбатан 7 тага камайган.


🏢 Нодавлат олий таълим ташкилотлари сони 97 тани ташкил қилган.


📊 Ҳудудлар кесимида олий таълим ташкилотлари сони қуйидагича:

Тошкент шаҳри — 98 та

Тошкент вилояти — 19 та

Самарқанд вилояти — 14 та

Қорақалпоғистон Республикаси — 11 та

Бухоро вилояти — 11 та

Андижон вилояти — 9 та

Қашқадарё вилояти — 9 та

Фарғона вилояти — 9 та

Сурхондарё вилояти — 8 та

Хоразм вилояти — 8 та

Наманган вилояти — 6 та

Жиззах вилояти — 5 та

Навоий вилояти — 5 та

Сирдарё вилояти — 3 та
  • 👏 4
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Post #5225 1.27K
Jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bugungi kun tavsiya etiladigan kitoblar 📚
Bilim va dunyoqarashni oshirish uchun o‘qishni tavsiya qilaman ✨
  • ❤ 4
  • 👏 4
  • 👍 2
  • 🔥 1
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Post #5224 1.21K
Mening sevimli kitobim. Siznichi?
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #5223 2.01K
😅 Kitobxon yigitlarga maxfiy “recept”

Agar kitoblaringiz javoningizga sig‘may qolishini xohlasangiz, kitobxon qizga uylaning!
U o‘z kitoblarini olib keladi – va birdaniga sizning uyingiz mini kutubxonaga aylanadi.

‼️Buni shunchaki hazil deb o‘ylamang: sevgi + kitob = javon to‘lishi + kayfiyat ko‘tarilishi kafolatlangan

🎁Bonus: kitobxon qiz bilan yashashda har doim yangi kitob topish imkoni bor… xoh oshxonada, xoh mehmonxonada ! 😂

Xulosa: Kitoblar soni ortadi, qalb esa yanada to‘lishadi – ilm va mehr bir joyda!
  • 😁 7
  • ❤ 5
  • 🤓 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 🎉 1
  • 👌 1
Post #5222 939
🔐Dunyoning eng xavfsiz seyfi...

“Agar biror narsani o‘g‘irlatishdan qo‘rqsangiz, uni kitob ichiga yashiring”.

Bu qadimiy hikmat bugun biz uchun qanchalik achchiq haqiqatga aylandi, tan olaylik. Biz javonimizda chang bosib yotgan beqiyos xazinani ko‘rmayapmiz.

‼️O‘g‘rilar hamyon qidiradi, ammo kitoblar ichiga qayrilib ham qaramaydi. Eng achinarlisi – biz o‘zimiz bu xazinadan foydalanmay, uning sahifalari orasidagi nurdan mahrum bo‘lyapmiz. Kitob o‘qishni to‘xtatish – o‘z kelajagimizni, o‘zligimizni o‘g‘irlash bilan barobar.

Kelajakni barpo etish, dunyoqarashni kengaytirish va millat sifatida yuksalish faqat ilm orqali bo‘ladi. Kitob ochishdan qo‘rqmaylik, uni hayotimizning ajralmas qismiga aylantiraylik.
  • ❤ 6
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Post #5221 926
💸 Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri

Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri – Codex Leicester hisoblanadi. Bu noyob qo‘lyozma mashhur olim va rassom Leonardo da Vinci tomonidan yozilgan. 1994-yilda ushbu kitob auksionda Bill Gates tomonidan 30,8 million dollar evaziga sotib olingan.

‼️Kitobda Leonardo da Vinchining suv harakati, Oy nuri va tabiat hodisalari haqidagi ilmiy kuzatuvlari hamda chizmalari jamlangan. Qiziq tomoni shundaki, qo‘lyozma oyna yozuvi uslubida yozilgan – uni o‘qish uchun matnni oynada ko‘rish kerak.

“Buyuk fikrlar ko‘pincha oddiy daftar sahifalarida boshlanadi”.

Siz xarid qilgan eng qimmat kitob qancha bo‘lgan?
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Post #5217 966

Forwarded from Nordic International University

📚 Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari

Pedagogika, milliy qadriyatlar, raqamli texnologiyalar va innovatsion metodikalarni o‘zida mujassam etgan yangi o‘quv qo‘llanmalar haqida batafsil ma’lumot 👉 saytimizda...

🌐 Web-site  
  • 👏 5
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 🎉 1
  • 🙏 1
Post #5216 1.07K

Forwarded from Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori

📈 Davlat boyisa, odamlar ham  baxtli bo‘ladimi?

Iqtisodchilar uzoq yillar davomida aynan shunday deb o‘ylashgan. Ammo raqamlar boshqa haqiqatni ko‘rsatdi.

1974-yilda iqtisodchi Richard Easterlin qiziq bir paradoksni aniqladi: davlat ma’lum darajagacha boyiganda odamlarning hayot sifati yaxshilanadi, ammo undan keyin iqtisodiy o‘sish baxt darajasini deyarli oshirmaydi.

Nega? Chunki inson o‘z hayotini mutlaq emas, nisbiy baholaydi. Biz uchun “qancha pulim bor?” degan savoldan ko‘ra, “boshqalardan yaxshiroq yashayapmanmi?” degan savol ko‘proq ahamiyatli.

Yangi mashina, kattaroq uy yoki yuqori maosh bizni vaqtincha quvontiradi. Ammo oradan 3–6 oy o‘tib, bu holat odatiy “norma”ga aylanadi. Baxt esa yana uzoqlashadi.

Shu sabab bugun ko‘plab mutaxassislar bitta muhim savolni o‘rtaga tashlamoqda:

📌 Iqtisodiy o‘sish insonning ruhiy xotirjamligini ham anglatadimi?


🌿 Masalan, Butan davlati YaIM emas, balki Yalpi Milliy Baxt (GNH) indeksiga urg‘u beradi. U yerda tabiat, madaniyat, oilaviy qadriyat va psixologik salomatlik iqtisodiy ko‘rsatkichlardan ustun qo‘yiladi.

Agar davlat va biznes faqat foyda ortidan quvsa, jamiyatda stress, yolg‘izlik va depressiya kuchayishi mumkin.

Aslida baxt — ko‘proq narsaga ega bo‘lish emas.

✅ Baxt — boriga to‘g‘ri munosabat, ichki xotirjamlik va jamiyat bilan bog‘liqlik hissidir.

❓ Siz uchun qaysi biri muhimroq:
💰 maoshingiz 2 baravar oshishimi yoki
🕊 ish vaqtingiz 2 baravar qisqarishimi?

📲 Bizni kuzatib boring:
Instagram sahifa⁠miz 🔗 https://www.instagram.com/_iqtisodiyot

@Nordic_rektor
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #5215 1.05K
📚 “Kichkina shahzoda” asari mashhur fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi tomonidan yozilgan. Bu asar dunyo adabiyotining eng mashhur va sevimli kitoblaridan biri hisoblanadi .

✨ Ushbu kitobni bizning kutubxonamizdan bemalol topishingiz va o‘qib bahramand bo‘lishingiz mumkin. Sizni kitobxonlikka chorlaymiz!
  • ❤ 6
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
  • 👏 1
  • 🙏 1
Post #5214 1.35K
Кун сурати.
  • 🔥 8
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 😁 1
  • 🎉 1
  • 💯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @xnu_arm without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalqaro Nordik Universiteti_ARM: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalqaro Nordik Universiteti_ARM have?
Xalqaro Nordik Universiteti_ARM (@xnu_arm) has 1.26K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalqaro Nordik Universiteti_ARM know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →