TGViewer
Channel Public Channel
Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori

Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori

@nordic_rektor

Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov’ning rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz.

Bu yerda ta’lim, karyera va global imkoniyatlar haqida tajribalarimni ulashib boraman.
Subscribers
1.98K
Photos
64
Videos
10
Links
35
Recent Posts 16 shown
Post #96 239
#Tabriknoma

Muhtaram ustozlar!

Kelajak avlodga ilm, yuksak tafakkur va ezgu qadriyatlarni singdirishdek sharafli vazifani sidqidildan ado etayotgan Siz, azizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman!

Shogirdlaringiz kamoloti, mehnatingiz samarasi va xalqimiz ravnaqiga qo‘shayotgan hissangizning ulug‘ mukofotini ko‘rish nasib etsin.

Ilm ulashib, kelajak bunyod etayotgan qalbingiz hamisha e’zozda bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov
  • 👏 7
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #94 620
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Assalomu alaykum!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Yurtimizning taraqqiyot yo‘li bardavom, xalqimizning buyuk tanlovi — mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov
  • 👍 6
  • 🎉 6
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #89 640

Forwarded from Nordic International University

#fidoyilikka_eʼtirof

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi: yuksak eʼtirof

Poytaxtimizdagi INNO Texnopark majmuasida ilm-fan, taʼlim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, oliy ta’lim tizimining bir guruh fidoyi vakillariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonchlisi, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Yuksak mukofot Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.

Nordik jamoasi uchun bu — katta faxr va yangi marralar sari mas’uliyat!

🇺🇿 Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin, ustoz!

⏺Nordik rasmiy kanali
  • 👏 19
  • 👍 7
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 4
  • 🎉 4
  • 🔥 2
  • 🤩 1
  • 💯 1
  • 🏆 1
Post #88 2.35K
#Tabriknoma

🌙 Assalomu alaykum!

Barchangizni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Yaratgan dillarimizda hamjihatlik va bag‘rikenglik tuyg‘ularini yanada mustahkamlasin.

Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi, taʼlim ravnaqi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringizda zafarlar tilayman! ✨

Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov


🌐 Web-site  
  • 👏 8
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 🤩 1
  • 🤝 1
Post #87 1.96K
📉 Haqiqiy iqtisodiyot formulalardan murakkabroq

Darsliklarda hammasi talab va taklif chiziqlari mukammal kesishadi, bozorda muvozanat bor, iste’molchi esa har doim “to‘g‘ri” qaror qiladi.

Ammo real iqtisodiyot — bu formuladan ko‘ra murakkabroq maydon.

Bugun bir davlatdagi inqiroz ertaga butun dunyo bozoriga ta’sir qiladi.

Bir uzilgan logistika zanjiri minglab bizneslarni to‘xtatadi.
Ba’zan esa inson hissiyoti eng aniq matematik modelni ham inkor qiladi.

Shuning uchun haqiqiy iqtisodchi — faqat grafik chizadigan emas, balki notinch bozorni tahlil qila oladigan, riskni sezadigan va murakkab vaziyatda ham yechim topadigan mutaxassisdir.

Nordik universitetida iqtisodiyot aynan real hayot misollarida o‘rgatiladi. Nafaqat nazariya, balki bozorning “g‘ijimlangan va eskirgan to‘pi” bilan ham o‘ynash o‘rganiladi.

📌 Kelajak iqtisodchilari safida bo‘lish uchun bizni kuzatib boring👇

😎 https://www.instagram.com/_iqtisodiyot

@Nordic_rektor
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 💯 3
  • ⚡ 1
Post #86 1.75K
#tabriknoma

🎗Assalomu alaykum!

Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, inson qadri va Vatanga muhabbatni ulug‘laydigan ushbu qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov


@Nordic_rektor
  • 👍 5
  • ⚡ 4
  • 🔥 4
  • ❤ 3
Post #85 2.01K
📈 Davlat boyisa, odamlar ham  baxtli bo‘ladimi?

Iqtisodchilar uzoq yillar davomida aynan shunday deb o‘ylashgan. Ammo raqamlar boshqa haqiqatni ko‘rsatdi.

1974-yilda iqtisodchi Richard Easterlin qiziq bir paradoksni aniqladi: davlat ma’lum darajagacha boyiganda odamlarning hayot sifati yaxshilanadi, ammo undan keyin iqtisodiy o‘sish baxt darajasini deyarli oshirmaydi.

Nega? Chunki inson o‘z hayotini mutlaq emas, nisbiy baholaydi. Biz uchun “qancha pulim bor?” degan savoldan ko‘ra, “boshqalardan yaxshiroq yashayapmanmi?” degan savol ko‘proq ahamiyatli.

Yangi mashina, kattaroq uy yoki yuqori maosh bizni vaqtincha quvontiradi. Ammo oradan 3–6 oy o‘tib, bu holat odatiy “norma”ga aylanadi. Baxt esa yana uzoqlashadi.

Shu sabab bugun ko‘plab mutaxassislar bitta muhim savolni o‘rtaga tashlamoqda:

📌 Iqtisodiy o‘sish insonning ruhiy xotirjamligini ham anglatadimi?


🌿 Masalan, Butan davlati YaIM emas, balki Yalpi Milliy Baxt (GNH) indeksiga urg‘u beradi. U yerda tabiat, madaniyat, oilaviy qadriyat va psixologik salomatlik iqtisodiy ko‘rsatkichlardan ustun qo‘yiladi.

Agar davlat va biznes faqat foyda ortidan quvsa, jamiyatda stress, yolg‘izlik va depressiya kuchayishi mumkin.

Aslida baxt — ko‘proq narsaga ega bo‘lish emas.

✅ Baxt — boriga to‘g‘ri munosabat, ichki xotirjamlik va jamiyat bilan bog‘liqlik hissidir.

❓ Siz uchun qaysi biri muhimroq:
💰 maoshingiz 2 baravar oshishimi yoki
🕊 ish vaqtingiz 2 baravar qisqarishimi?

📲 Bizni kuzatib boring:
Instagram sahifa⁠miz 🔗 https://www.instagram.com/_iqtisodiyot

@Nordic_rektor
  • 🔥 4
  • 💯 4
  • 👍 3
  • 🤩 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #83 1.69K
#bugungi_gazetada

🗞 Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch

7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda qanday g‘oyalar ilgari surildi va sport kelajagini qanday o‘zgartiradi?

“Xalq so‘zi” gazetasida rektor Sherzod Mustafakulov muallifligida e’lon qilingan maqolada aynan shu savollarga javob topish mumkin.

📌 Qiziqarli tahlil, taklif va xulosalar batafsil 👉 saytimizda

🌐 Web-site
  • 🔥 6
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🤩 1
Post #82 1.09K
#tabriknoma

🌸 Assalomu alaykum! 🍃

Qalblarimizga ezgulik va yangilanish urug‘larini qadash fursati — betakror Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ezgu ayyom har bir xonadonga shodlik, har bir yurakka ishonch, orzularga qanot olib kelsin.

Har bir kuningiz Navro‘zdek pok, har bir qadamingiz bahordek barakali bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov
  • 👍 4
  • 👏 4
  • ❤ 1
Post #81 1.03K
#tabriknoma

🌙 Assalomu alaykum! ✨

Barchangizni ulug‘ va muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlayman!

Bebaho ne’mat oyi davomida qilgan duolaringiz, orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin. Dasturxonlarimiz barakaga, xonadonimiz fayzga, qalblarimiz abadiy xotirjamlikka to‘lsin.

🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! ✨

Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov
  • 👏 8
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
  • 🏆 1
Post #78 2.68K

Forwarded from Nordic International University

📢 DIQQAT, E’LON!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — qatnashing!

⏺ Nordik rasmiy kanali
  • 👍 10
  • ❤ 6
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Post #77 2.61K
#Tabriknoma
  • 👏 13
  • ❤ 6
  • 🎉 5
  • ❤‍🔥 3
Older posts →

About this channel

How can I read @nordic_rektor without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori have?
Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori (@nordic_rektor) has 1.98K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sherzod Mustafakulov | Xalqaro Nordik Universiteti rektori know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →