📚 Kitob o‘qigan kishi…
↪️1. Vasvasa va g‘am-anduhlarni tez haydaydi.
↪️2. Nohaqlikka tushishdan uzoq bo‘ladi.
↪️3. Bekorchilardan yiroq bo‘ladi.
↪️4. Tili ravon bo‘ladi, kalom mashqini oladi, balog‘at va fasohatni egallaydi.
↪️5. Aqli rivojlanadi, zehni yangilanadi, xotirasi kuchayadi.
↪️6. Bilimga boy bo‘lib, tushunchasi oydinlashib boradi.
↪️7. Insonlar tajribalarini, ulug‘lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o‘zlashtiradi.
↪️8. Ilmiy malakasi oshadi, hayot haqidagi madaniy ongi rivojlanadi.
↪️9. Iymoni ziyoda bo‘ladi, xususan diniy kitoblarni o‘qiganda. Kitob eng buyuk nasihatchi va yaxshi ishlarga undovchidir.
↪️10. Zehn parishonligi, qalb bo‘linishi va vaqt zoe bo‘lishining oldini oladi.
↪️11. So‘zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini va hikmat sirlarini anglaydi.
Kitob nafaqat bilim beradi, balki qalb va ruhni ham tarbiyalaydi.
Post #5227
1.29K

- ❤ 4
- 🔥 1
- 🙏 1