TGViewer
Channel Public Channel
Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆

Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆

@xalqaro_it_olimpiada

👨🏻‍💻 IT-sohasidagi olimpiadalar, musobaqa va hakatonlar haqidagi yangiliklardan xabardor bo’ling!

✅ Kanalga obuna bo’ling:
https://t.me/xalqaro_it_olimpiada
Subscribers
1.39K
Photos
479
Videos
99
Links
300
Recent Posts 10 shown
Post #693 224

Forwarded from IT Park Uzbekistan

🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xalqaro dasturlash olimpiadasining (ICPC) saralash bosqichida ishtirok etishga taklif etiladi.

🗓 1/8 saralash bosqichi jadvali — 18-oktabr:
🔹 10:40–11:40 — sinov bosqichi
🔹 12:00–17:00 — asosiy bosqich

📍 Musobaqa O‘zbekistonning barcha hududlarida oflayn formatda o‘tkaziladi.

Musobaqa o‘tkaziladigan joylar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — NGTU
Andijon viloyati — Digital City
Buxoro viloyati — IT Park Buxoro
Jizzax viloyati — Sambhram University
Qashqadaryo viloyati — Qarshi State University
Navoiy viloyati — IT Park Navoiy
Namangan viloyati — NGTU
Samarqand viloyati — Al-Xorazmiy loyihasi maydonchasi
Surxondaryo viloyati — IT Park Surxondaryo
Sirdaryo viloyati — Kelajak markazi
Toshkent viloyati — TATU
Farg‘ona viloyati — Fergana Digital Hub
Xorazm viloyati — IT Park Xorazm


⏰ Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati — 17-oktabr, soat 12:00.

🖥 Qanday ishtirok etish mumkin?
➖ icpc.global saytida akkaunt yarating yoki mavjud akkauntingizga kiring.
➖ Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazish va ishtirokchilar profillarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

‼️ Muhim: akkaunt yaratish — bu faqat birinchi qadam. Ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun jamoani ro‘yxatdan o‘tkazish hamda murabbiy va barcha ishtirokchilarning profillarini to‘ldirish kerak.


—

🚀 Registration for the ICPC Uzbekistan 2026/2027 season is now open!

University students across Uzbekistan are invited to participate in the qualification round of the International Collegiate Programming Contest (ICPC).

🗓 Round of 16 qualification schedule — October 18:
🔹 10:40–11:40 — practice round
🔹 12:00–17:00 — main round

📍 The competition will be held offline across all regions of Uzbekistan.

Competition venues:
Republic of Karakalpakstan — NGTU
Andijan Region — Digital City
Bukhara Region — IT Park Bukhara
Jizzakh Region — Sambhram University
Kashkadarya Region — Qarshi State University
Navoi Region — IT Park Navoi
Namangan Region — NGTU
Samarkand Region — Al-Khwarizmi Project Venue
Surkhandarya Region — IT Park Surkhandarya
Syrdarya Region — Kelajak Markazi
Tashkent Region — TUIT
Fergana Region — Fergana Digital Hub
Khorezm Region — IT Park Khorezm


⏰ Team registration deadline: October 17, at 12:00 noon.

🖥 How to participate
➖ Create an account at icpc.global or sign in to your existing account.
➖ Review the instructions for team registration and completing participant profiles.

‼️ Important: Creating an account is only the first step. To complete registration, the team must be registered, and the coach and all team members must complete their profiles.


Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #690 742

Forwarded from Digital.uz

✅ O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

▶️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICPC Foundation prezidenti Uilyam Pucher bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️Uchrashuvda O‘zbekistonda dasturlash musobaqalari ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning nufuzli xalqaro dasturlash musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

❕ICPC — dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasi hisoblanadi. Musobaqada 70 mingdan ortiq talaba va 4 mingdan ziyod universitet ishtirok etadi. Uning Jahon finalida esa 140 ta universitet jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.

✅Muloqot davomida O‘zbekistonning ICPC bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ICPC Jahon finalini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi. Bunday xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mamlakatning global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy yoshlar salohiyatini namoyon etish va dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223170

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 6
  • 👍 2
Post #687 856

Forwarded from Competitive Programming Uz

Saytimiz ishga tushdi!

🧑‍💻 cp.uz — O'zbekistonda Sport Dasturlash uchun eng katta bepul resurslar jamlanmasi. Saytning xususiyatlari:
1. 📚 cp.uz/algo — 163ta maqolani o'z ichiga olgan bo'lim. Algoritmlar Graflar, Algebra, Ma'lumotlar tuzilmalari, Dinamik dasturlash, Satrlar, Chiziqli Algebra, Kombinatorika, Sonlar nazariyasi, Geometriya va boshqa mavzularga bo'lingan.
2. 📅 cp.uz/seasons — Maktab o'quvchilari uchun olimpiadalar mavsumini kuzatib boruvchi kalendar. Unda siz IOI uchun saralash vazifasini o'taydigan boshqa musobaqalar va ularni qay tartibida o'tishi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
3. 💻 cp.uz/tasks — IOI, IZhO, APIO kabi xalqaro olimpiadalar masalalarining o'zbekcha shartlari va ularni ishlash uchun platformalarga havolalar, shuningdek IOI Saralash bosqichi masalalari berilgan.
4. 📖 cp.uz/dict — Texnik atamalar uchun inglizcha-o'zbekcha lug'at.
... va boshqa ko'plab xususiyatlar jamlangan.

Muhim:
1. Maqolalar cp-algorithms.com saytidan mualliflar ruxsati bilan tarjima qilingan. Materiallar CC BY-SA 4.0 litsenziyasi asosida tarqatiladi. cp.uz saytidan material olinganda manba ko'rsatilishi shart.
2. Hozirda deyarli barcha algoritmlar sun'iy intellekt yordamida tarjima qilingan. Keyingi bir-necha oy davomida har bir maqolani texnik tekshiruv ishlari olib boriladi.
3. Siz ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin! Agarda qaysidir maqolada xato topsangiz, github'da yangi Pull Request jo'natishingiz mumkin.

Loyiha ustida ishlaganlar:
- Dilshodbek Xo'jayev, Nazarbek Baltabayev, Davlatbek Miroqilov.
Shuningdek, jamoamizning boshqa a'zolari:
- Asadullo G'aniyev, Dilyorbek Valijonov, Ulug'bek Abdimanabov.

Hali yana ko'plab yangiliklar qo'shish rejamizda bor.
Stay tuned!

🧑‍💻 @cp_uz
  • 🔥 9
  • ⚡ 5
  • 👍 2
Post #686 1.03K

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

IOI-2026: Iqtidorli yoshlar — yetakchi kompaniyalar uchun strategik kapital

🏷Toshkentda o‘tkazilgan IOI-2026 — kelajakni qurayotgan iste’dodlar uchun katta maydon vazifasini o‘tadi.

🔗Ana shunday iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlayotgan IOI-2026 homiylaridan biri — Amerikaning yetakchi IT kompaniyasi Squarepoint bilan intervyu tashkil etdik.

➡ Kompaniya matematik modellar, algoritmlar va ilg‘or texnologiyalar asosida sistematik savdo bilan shug‘ullanadi. Squarepoint vakilining ta’kidlashicha, kompaniya uchun eng katta ustunlik — insonlar.
— IOI ishtirokchilari o‘z avlodining eng iqtidorli problem solver’laridir. Ular intizomli, kreativ va raqobatni yaxshi ko‘rishadi.

©️Benjamin Garnier-Petit

➡ Shu sababli kompaniya Oxford, Cambridge, NTU kabi yetakchi universitetlar hamda xalqaro fan olimpiadalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Squarepoint dunyo bo‘ylab yoshlarning fan, muhandislik va texnologiyaga qiziqishini rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • 🔥 4
  • 👍 2
Post #685 985

Forwarded from Pavel Durov (Pavel Durov)

🏆 The International Olympiad in Informatics (IOI) ends today.

🇷🇺Students from Moscow and St. Petersburg won 2🥇gold and 2🥈silver medals.

Congratulations to Vladislav Zhiganov (#2 overall!), Maksim Kravchenko, Sergei Mukhanov, and Vladimir Zvezdin.

🇧🇾 Belarus took 1🥇gold and 1🥈silver, won by Kiryl Kardash and Fiodar Sashko, plus two bronze medals from their teammates.

🇰🇿Kazakhstan did well too, winning 1🥇gold and 3🥈silver medals to finish in the top five as a team, while Maksim Tsoy came #5 overall.

🇺🇿Uzbekistan, the host country, put on a great showing: 1🥈 silver for Jakhonali Khaydaraliyev and 3🥉bronze medals.

🇨🇳The strongest results of all, though, came from China 👏

At today's award ceremony, the IOI organizers are giving the 188 Algorithm Cups 🎁🎁🎁 to the winners. The organizers of the sister olympiad, IOAI, are sending the 220 Intelligence Cups 🏆🏆🏆 to their winners remotely.

These are the only digital collectibles Telegram has issued this year, so they could end up worth much more than the guaranteed $1,000 for gold.

We're proud to support the brightest young programmers of our time 🧠
  • 🎉 6
  • 👨‍💻 1
Post #682 1.03K
IOI bayrog‘i Germaniya delegatsiyasiga topshirildi

✅38-Xalqaro informatika olimpiadasining eng ramziy va hayajonli lahzalaridan biri — IOI bayrog‘ini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori Azamat Eshankulov IOI bayrog‘ini Germaniya delegatsiyasi vakiliga tantanali ravishda topshirdi.

🔗39-Xalqaro informatika olimpiadasi 2027-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
  • 👍 3
Post #680 711
38-Xalqaro informatika olimpiadasining mutlaq g‘olibi aniqlandi

✅IOI 2026 ning mutlaq g‘olibi — Xitoy vakili Qiwen Xu bo‘ldi. U 498,3 ball jamg‘arib, Grand Pri mukofotini qo‘lga kiritdi.

✅Mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov tantanali ravishda topshirdi.

✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
  • ⚡ 1
Post #678 636
Olimpiadaning oltin medali sohiblari taqdirlandi

✅38-Xalqaro informatika olimpiadasida 32 nafar ishtirokchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Sovrindorlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova taqdirladi.

✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
Post #675 571
IOI 2026 da kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy jamoasi vakili taqdirlandi

✅O‘zbekiston milliy jamoasi vakili, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf o'quvchisi Jahonali Xaydaraliyev 38-Xalqaro informatika olimpiadasining kumush medalini qabul qilib oldi.

✅Hamyurtimizga medalni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov topshirdi.

✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
  • ⚡ 2
Post #669 552
Olimpiadaning kumush medali sovrindorlari taqdirlanmoqda

✅Mukofotlarni Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori Eshankulov Azamat Kambaraliyevich hamda Squarepoint Capital kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha Bosh direktori Benjamin Garnier-Petit topshirmoqda.

✅38-Xalqaro informatika olimpiadasida kumush medalni 62 nafar ishtirokchi qo‘lga kiritdi.

✅Marosimni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
Older posts →

About this channel

How can I read @xalqaro_it_olimpiada without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆 have?
Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆 (@xalqaro_it_olimpiada) has 1.39K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalqaro IT-olimpiadalar 🏆 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →