Koʻrishguncha, WikiSfera!🤩
Hogwarts muhitida tashkil etilgan "
WikiSfera II" oromgohi oʻz hikoyasiga nuqta qoʻydi. 6 kun har bir ishtirokchi uchun qadrli lahzalarni taqdim etgan boʻlsa, ne ajab.
🦅 Ular shu vaqt davomida shunchaki bir-biri uchun guruh emas, balki bir oila boʻlishni uddalashdi. Har bir oila oʻz mentorlarini huddi "
Hogwarts" professorlaridek qadrlashgani aniq.
🕊 Ishtirokchilar, yangi oila,
oʻzbekcha Vikipediyagi ilk tahrir, ilk maqola muborak. Bu damlarni faqat yaxshi xotiralar bilan eslaysiz degan umiddamiz.
🎁 Yopilish marosimida
oʻzbekcha Vikipediya mavqeyini mustahkamlashda ishtirok etgan barcha jamoa a'zolari sovgʻalar bilan taqdirlandi. Natijalarga koʻra "
Hufflepuff" jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
🏴 Tadbir davomida
Kaspiy dengizi qirgʻogʻida halok boʻlganlar xotirlandi. Ular orasida
Qoraqalpogʻistonlik Almas Kobenov bor. Shuningdek,
oʻzbekcha Vikipediya faol tahrirchisi, marhum Muhammadali Ikromov ham yod etildi.
"Oʻzbek tili rivoji uchun qoʻshilgan hech bir hissa unutilmaydi...''#yangi_sahifa
Telegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube