Shatranj toji yana oʻzimizda: Yoqubboyev super oʻsish bilan yetakchi! ♟
Olimpiadadagi olamshumul gʻalaba nafaqat terma jamoamizga chempionlikni qaytardi, balki grossmeysterlarimizning jahon reytingidagi oʻrnini keskin mustahkamladi. 2700 dan yuqori reytingga ega dunyo elitasida eng katta sakrashni aynan bizning Nodirbek Yoqubboyev amalga oshirdi! ✨
🗣 Samarkand-2026: Reytinglar dinamikasi
Nodirbek Yoqubboyev: Turnir davomida perfromans koʻrsatib, +26,7 ochko jamgʻardi. U oʻz reytingini 2711,7 ga yetkazib, dunyoning eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatida super oʻsish boʻyicha birinchi boʻldi.
Nodirbek Abdusattorov: Birinchi doskada chempionlik va individual oltin medalni qoʻlga kiritgan Abdusattorov +17,5 ochko qoʻshdi va reytingini 2779,5 ga yetkazib, ikkinchi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi.
Javohir Sindorov: Barqaror va ishonchli oʻyini evaziga +3,5 ochko toʻpladi va joriy reytingini 2781,5 ga yetkazib, top-10 talikdagi pozitsiyasini saqlab qoldi.
Oʻzbekiston shaxmat maktabi dunyo taxtida ekanini yana bir bor isbotladi. Biznikilarga faqat gʻalaba va yangi choʻqqilar yarashadi! 🇺🇿
Yosh Kuch — gʻalabalar nashri!
📷Instagram| 🎞YouTube|🚀Telegram
Post #176
33



















