TGViewer
Channel Public Channel
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

@wayuuz

🌆 Migratsiya muammolarida yuridik yordam
💸Ogʻir vaziyatda yordam olish
📚 Xorijda oʻqish | Bepul konsultatsiya
🌍 Chet el universitetlariga grant yutish

🔗 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/wayu.uz
Subscribers
3.85K
Photos
5.4K
Videos
960
Links
4.3K
Recent Posts 11 shown
Post #8299 194
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlarni chin dildan tabriklaymiz!

🎉 Har birimizning hayotimizda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Ular bizga nafaqat bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadi, balki hayotning murakkab yo‘llarida yo‘l ko‘rsatadi, maqsadlarimiz sari dadil odimlashga ilhom beradi. Ustozlarimiz va murabbiylarimizning fidoyiligi, sabri va cheksiz mehr-muhabbatlari tufayli yuksak cho‘qqilarni zabt etmoqdamiz.

💐 Bugun barcha ustozlarni tabriklab, chin yurakdan minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarga qo‘llaringizni cho‘zib, ularning kelajagiga nur sochayotganingiz uchun rahmat! Har bir o‘rgatgan sabog‘ingiz, yetaklagan yulingiz avlodlar qalbida abadiy qoladi.


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐
Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #8298 220

Forwarded from DeepenWell

✈️ Global Run & Walk Challenge

Yuring, yuguring, natija to‘plang va qimmatbaho sovrinlar uchun kurashing! 🔥

🎁 Sovrinlar:
— Dubai Marathon’da qatnashish uchun slot
— O‘zbekistondagi turli marafonlarga slotlar
— 6 ta 1Fit abonementi
— Yugurish yo‘lakchalari
— va boshqa qimmatbaho sovg‘alar

Bundan tashqari, do‘stlaringizni o‘z referral kodingiz orqali challenge’ga taklif qiling va iPhone 18 yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling! 📞

Challenge davomida haftalik nominatsiyalar va yakuniy sovrinlar ham bo‘ladi.

📅 Start: 4-oktabr
🏁 Finish: 24-oktabr

🔵🔵🔵🔵

✈️ Global Run & Walk Challenge

Ходите, бегайте, набирайте результат и боритесь за ценные призы! 🔥

🎁 Призы:
— слот на участие в Dubai Marathon
— слоты на различные марафоны в Узбекистане
— 6 абонементов 1Fit
— беговые дорожки
— и другие ценные подарки

Кроме того, приглашайте друзей в челлендж по своему реферальному коду и получите возможность выиграть iPhone 18! 📞

Во время челленджа также будут проходить еженедельные номинации и финальный розыгрыш призов.

📅 Старт: 4 октября
🏁 Финиш: 24 октября

👉 Регистрируйтесь прямо сейчас и начинайте двигаться вместе с DeepenWell 🏋️‍♂️

🕊Telegram | 📱 Instagram
  • 👍 2
Post #8297 362
🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🏆♟️

Samarqandda o‘tkazilgan 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuksak mahorat va kuchli jamoaviy ruh namoyon etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba O‘zbekiston shaxmati tarixidagi navbatdagi ulkan sahifa bo‘lib, terma jamoamiz ikkinchi bor Shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi nomidan chempionlarimizni tarixiy g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Yurtimiz bayrog‘i xalqaro maydonlarda doimo baland hilpirayversin! 🇺🇿

Samarqandda tarix yozildi! 🏆♟️


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👍 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #8296 277

Forwarded from Alisher Sadullaev

⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
Post #8295 371
26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi jamoasi yurtimiz tinchligi, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringizda kuch-g‘ayrat tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👏 3
  • 👌 2
  • ⚡ 1
Post #8293 376
🇪🇺 Erasmus Mundus: 37 ta yangi magistratura dasturi uchun imkoniyatlar ochilmoqda!

Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus Joint Masters dasturi doirasida 2026-yilda 37 ta yangi xalqaro magistratura dasturi tanlab olindi. Yangi dasturlar 2026-yil kuzidan talabalar uchun arizalarni qabul qilishni boshlaydi, o‘qish esa 2027-yil sentabridan boshlanishi rejalashtirilgan.

🌍 Dasturlarda dunyoning barcha davlatlaridan, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin.

Yangi magistratura yo‘nalishlari orasida:

🤖 sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar;
🩺 tibbiy tasvirlar tahlili;
💻 yarimo‘tkazgichlar va chip texnologiyalari;
⚖️ huquq, ma’lumotlar va sun’iy intellekt;
🧪 nanoengineering;
🌱 ekologiya va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlar mavjud.

🎓 Eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar uchun to‘liq Erasmus Mundus stipendiyalari mavjud. Stipendiya o‘qishda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi hamda safar, viza va yashash xarajatlari uchun moliyaviy ko‘makni o‘z ichiga oladi.

📌 Erasmus Mundus dasturlarining aksariyatida arizalar odatda oktabr–yanvar oylarida qabul qilinadi. Har bir magistratura dasturining talablari va hujjat topshirish muddati alohida belgilanadi.

🔗 37 ta yangi dastur haqida rasmiy ma’lumot:
Erasmus+ — rasmiy e’lon⁠

🔗 Erasmus Mundus stipendiyasi va ariza topshirish tartibi:
Erasmus Mundus Joint Masters — rasmiy sahifa⁠

🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #8292 379

Forwarded from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS

🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?

⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan:
☑️ bevosita muloqot qilishingiz;
☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz;
☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz;
☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.

🎁 Shuningdek, IELTS va Mock imtihonlari bo‘yicha tanlovlar, bepul IELTS vaucherlari, sertifikatlar hamda qimmatbaho sovrinlar sizni kutmoqda! Kelajagingizni uzoqdan izlamang, unga eltuvchi imkoniyat shu yerda!

📂 Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang - chunki sovg‘a va bonuslar faqat RO‘YXATDAN o‘tganlarga beriladi!

🔗 https://forms.gle/mSJp296uhr31Bm3E9

☎️ Hamkorlik va qo‘shimcha ma’lumot uchun +998712309191

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • 👍 1
Post #8291 464
21-SENTABR — XALQARO TINCHLIK KUNI

Har yili 21-sentabr kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro tinchlik kuni nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan xalqlar va davlatlar o‘rtasida tinchlik, o‘zaro hurmat hamda hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan.

Tinchlik — insoniyatning eng ulug‘ ne’mati, taraqqiyot va farovon hayotning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va kelajakka ishonch bilan intilishi uchun tinchlik muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni, hamkorlarimizni hamda dunyo yoshlarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchamizga tinch va osoyishta hayot, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tilaymiz.

Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat!


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #8290 447

Forwarded from Mutolaa

😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!

• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.

🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!

✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.


Mutolaa ilovasini yuklab oling
  • 🔥 1
Post #8289 985
🇬🇧 CHEVENING 2027–2028: O‘ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA

Buyuk Britaniya hukumatining nufuzli Chevening Scholarship dasturi 2027–2028-o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolaridan arizalar qabul qilmoqda.

Dastur Buyuk Britaniya universitetlarida bir yillik magistratura bosqichida tahsil olish va xalqaro professional aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

✅ O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
✅ bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
✅ bakalavriatni ariza topshirish muddatidan kamida ikki yil oldin tamomlagan bo‘lish;
✅ bakalavriatdan keyin kamida ikki yillik — 2 800 soatga teng mehnat tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Buyuk Britaniyaning uchta mos magistratura dasturini tanlash;
✅ grant yakunlangach, kamida ikki yil o‘z mamlakatiga qaytish majburiyatini olish.

📅 Arizalar 2026-yil 6-oktabr kuni soat 11:00 UTCgacha — Toshkent vaqti bilan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2027-yil sentabr yoki oktabr oyida Buyuk Britaniyada o‘qishni boshlaydi.

Hujjatlarni oxirgi kunga qoldirmasdan, shaxsiy yutuqlar, yetakchilik tajribasi, kelajakdagi maqsadlar va O‘zbekiston rivojiga qo‘shiladigan hissa aniq yoritilgan holda tayyorlash tavsiya etiladi.

Rasmiy manbalar: Chevening — Uzbekistan, tanlov muddati va asosiy talablar

🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #8279 377

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
—
В рамках государственного визита в Республику Корея Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с соотечественниками, работающими и обучающимися в этой стране.

#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #vatandoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @wayuuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi have?
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi (@wayuuz) has 3.85K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →