TGViewer
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi @wayuuz · 3.85K subscribers
Post #8291 464
21-SENTABR — XALQARO TINCHLIK KUNI

Har yili 21-sentabr kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro tinchlik kuni nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan xalqlar va davlatlar o‘rtasida tinchlik, o‘zaro hurmat hamda hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan.

Tinchlik — insoniyatning eng ulug‘ ne’mati, taraqqiyot va farovon hayotning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va kelajakka ishonch bilan intilishi uchun tinchlik muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni, hamkorlarimizni hamda dunyo yoshlarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchamizga tinch va osoyishta hayot, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tilaymiz.

Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat!


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram |  🌐Facebook |  🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @wayuuz
  1. Oct 1, 20261-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlarni chin dildan tabrik…
  2. Sep 30, 2026✈️ Global Run & Walk Challenge Yuring, yuguring, natija to‘plang va qimmatbaho sovrinlar u…
  3. Sep 27, 2026🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🏆♟️ Samarqandda o‘tkazilgan…
  4. Sep 27, 2026⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  5. Sep 26, 202626-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni O‘zbekiston yoshlari umumjahon assot…
  6. Sep 25, 2026🇪🇺 Erasmus Mundus: 37 ta yangi magistratura dasturi uchun imkoniyatlar ochilmoqda! Yevro…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →