🇪🇺 Erasmus Mundus: 37 ta yangi magistratura dasturi uchun imkoniyatlar ochilmoqda!
Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus Joint Masters dasturi doirasida 2026-yilda 37 ta yangi xalqaro magistratura dasturi tanlab olindi. Yangi dasturlar 2026-yil kuzidan talabalar uchun arizalarni qabul qilishni boshlaydi, o‘qish esa 2027-yil sentabridan boshlanishi rejalashtirilgan.
🌍 Dasturlarda dunyoning barcha davlatlaridan, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin.
Yangi magistratura yo‘nalishlari orasida:
🤖 sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar;
🩺 tibbiy tasvirlar tahlili;
💻 yarimo‘tkazgichlar va chip texnologiyalari;
⚖️ huquq, ma’lumotlar va sun’iy intellekt;
🧪 nanoengineering;
🌱 ekologiya va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlar mavjud.
🎓 Eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar uchun to‘liq Erasmus Mundus stipendiyalari mavjud. Stipendiya o‘qishda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi hamda safar, viza va yashash xarajatlari uchun moliyaviy ko‘makni o‘z ichiga oladi.
📌 Erasmus Mundus dasturlarining aksariyatida arizalar odatda oktabr–yanvar oylarida qabul qilinadi. Har bir magistratura dasturining talablari va hujjat topshirish muddati alohida belgilanadi.
🔗 37 ta yangi dastur haqida rasmiy ma’lumot:
Erasmus+ — rasmiy e’lon
🔗 Erasmus Mundus stipendiyasi va ariza topshirish tartibi:
Erasmus Mundus Joint Masters — rasmiy sahifa
🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz
🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedIn
www.wayu.uz
Post #8293
381

- 👍 3
- ❤ 1