Yangi LLM modellar chiqishini yaqindan kuzatmayman, lekin GPT-6 Astra modeli qiziq bir feature chiqaribdi —
mid-turn steering.
Bu funksiya orqali LLM agentga berilgan vazifani bajarish jarayonida o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi. Hali ishlatib ko’rmagan bo’lsam-da, quyidagi holatlarda foydali bo’ladi deb o’ylayman:
1. Agentga vazifa berdim, lekin muhim fakt esdan chiqdi. Hozirda agentni to’xtatib, vazifani boshqatdan beraman. Mid-turn steering bilan shu faktni agentning ish jarayoniga qo'shib yuborsam bo’ladi.
2. Agentga oson vazifa berdim, lekin 10 minutdan beri nimalardir qilyapti. Agentni to’xtataman yoki “balki men o’ylaganchalik oson emasdir” deb kutaman. Mid-turn steering bilan “What is taking so long?” deb so’rab, to’g’ri yo’naltirishim mumkin.
3. Agentga “design & planning” turdagi vazifa topshirdim, lekin u research qilib, kod yozishni boshlab yubordi. Hozir agentni to’xtatishga majburman. Mid-turn steering orqali u fayllarni o'zgartirishni boshlaganda “Don’t rush to coding, let’s plan first” deb to’xtatib qolaman.
Tushunishimcha, mid-turn steering bu model qobiliyati emas, balki agent harness qatlamida qurilgan yechim (correct me if wrong). Shu featureni ishlatganlar bormi? Qanchalik yaxshi ishlayapti?