TGViewer
Vohid Karimov Vohid Karimov @vovopapcom · 5.65K subscribers
Post #1016 5.46K
Yandex Uzbekistan’dan bepul Dev Camp.
Toshkentda uch hafta: 10–31 oktabr kunlari.

Dasturda backend dasturlash, algoritmlar va AI yo‘nalishlari bo‘ladi.

🧑‍💻 Dastur IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Buning uchun katta tajribaga ega bo‘lish shart emas. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

🤩 Eng qizig‘i: eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyati ham bo‘ladi.

O‘zbekistonning boshqa hududlaridan qatnashadigan eng yaxshi ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.

❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati 30-sentabr.

Ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshiriqlarini bajarish kerak.
  • 🔥 7
  • 👍 1
More from @vovopapcom
  1. Oct 1, 2026FAANG orzusi/rejasida yurganlar bormi? Sizlar uchun yangilik, yil oxiri Nov-Dec larda meni…
  2. Sep 29, 2026photo post
  3. Sep 29, 2026Bir oydan beri ishda oqimga kirish uchun fonda "3-hour study with me" videosini eshityapma…
  4. Sep 28, 2026O'zbek wordle o'yinini qurishibdi baraka topgurlar. Sal addicted bo'lib qoldim, "ahir o'zb…
  5. Sep 28, 2026The history of Google in 2 minutes. Video generated by AI (claude) 🤯 Source: X
  6. Sep 27, 2026Our uzbek chess players receiving ❤️ from Bosnia and Herzegovina 🙌
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →