Bir oydan beri ishda oqimga kirish uchun fonda "3-hour study with me" videosini eshityapman.
Ishdan chalg'isam (masalan, hojatxonaga chiqsam yoki telefonga qarasam) videoni to’xtatib turaman. Shu orqali kun davomida necha soat to’liq konsentratsiyada bo’lganimni bilib olaman.
Kun davomida videoni tugatsam, 3 soat ishlagan bo’laman va kun unumli o’tdi deyman. 2 marta tugatsam, kun zo’r o’tgan bo’ladi. Ba’zida 2 martadan keyin ham ishlashga energiyam qolsa, yana 3-marta eshitishga zerikaman. Shunda "1.5-hour study with me" videosiga o’taman 🙂
Post #1030
2.54K
- 👍 49
- 🔥 18
- 😁 7
- ❤ 2