Bunday odamlar (nerdlar) 20 yoshlarida ko'p vaqtlarini uncha foydasi bo'lmagan social life uchun sarflash o'rniga, aslida hayotda muhim bo'lgan ko'nikmalar va xususiyatlar ustida muntazam mehnat qilishadi.
Ular bozori chaqqon ko'nikmalar (marketable skills) va kasblar orqasidan yurib, 30 yoshlarda moliyaviy barqaror bo'lishadi. Odatda bu kasb va ko'nikmalarga bo'lgan yo'l ko'pchilik uchun zerikarli va jozibasiz (unsexy) bo'ladi. Natijada albatta hayotdan qoniqish ↗️
Ular odatda yaxshi/muloyim odamlar bo'lishadi. Erkaklar misolida, yaxshi yigitlar 20 yoshlarida qizlardan ko'p e'tibor olishmaydi, chunki bu yoshda "bad boys" davr surishadi. 25-30 yoshlarda nerdlar davri keladi, chunki aqlli qizlar o'zlariga potensial umr yo'ldosh qidirishadi va ularga quyidagi sifatlar muhim — moliyaviy barqarorlik, hurmat, va mehnatkashlik. Oz-moz omad bilan nerdlar aqlli qizlar bilan hayot kechirishadi va ularda hayotdan qoniqish ↗️
Ular tabiiyki boshqa nerdlar bilan do'st bo'lishadi va ularga do'stlar miqdoridan ko'ra sifati muhimroq. 30 yoshida odamning hayotiga ma'no va mazmun beradigan birinchi narsa bu oila bo'lsa, ikkinchisi — do'stlar. Bunday do'stlar ustiga qurilgan hayotda albatta hayotdan qoniqish ↗️
Albatta, sizda ham shunday life satisfaction bo'lishi uchun siz nerd bo'lishingiz shart emas va albatta nerd bo'lish har doim ham katta life satisfaction'ga olib bormaydi. Tepada aytganlarim tendensiya holos.
Post #1024
4.57K
- 👍 57
- ❤ 9
- 🔥 7