🏆 Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi jadvali e’lon qilindi
Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2026-yil 15–27-oktabr kunlari o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi jadvali e’lon qilingan.
Jadvalda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiada o‘tkaziladigan fanlar, sanalar, smenalar, boshlanish vaqtlari hamda test sinovlariga ajratilgan vaqt ko‘rsatilgan.
📌 O‘zingizga kerakli fan bo‘yicha olimpiada sanasi va vaqtini quyidagi interaktiv jadval orqali tekshirishingiz mumkin:
👉 https://olimpiada-jadval.vercel.app/
📤 Ma’lumotni olimpiadada qatnashadigan o‘quvchilar va ularning ustozlariga ulashing!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11540
14.7K

