⏰ Toifa testlarini bajarish uchun qancha vaqt ajratiladi?
✅ Pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash bo‘yicha tavsiyalar (spetsifikatsiyalar) va adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun:
🔹 1-bosqichda: mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha 40 ta (35 ta fandan + 5 ta kasbiy standartdan) test topshirig‘i;
🔹 2-bosqichda: pedagogik mahoratni aniqlash bo‘yicha 10 ta test topshirig‘i beriladi (jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati o‘qituvchilari bundan mustasno).
Har bir to‘g‘ri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, jami 100 ball to‘plash imkoniyati beriladi.
Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11538
10K
