TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11536 10.2K
Olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar, o‘quvchilar, texnologik kompaniyalar, ishlab chiqarish va biznes vakillari diqqatiga!

2026-yil 10-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro STEAM Assambleyasi — 2026 o‘tkaziladi.

Assambleya doirasida STEAM loyihalari tanlovi tashkil etilib, unda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari vakillari yakka tartibda yoki jamoa shaklida ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

Science — «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot loyihasi»,

Technology — «Eng yaxshi texnologik yechim»,

Engineering — «Eng yaxshi muhandislik yechimi»,

Arts — «Eng yaxshi kreativ STEAM yechimi»,

Mathematics — «Eng yaxshi matematik va analitik yechim».


Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 25-oktabrga qadar @STEAM2026TanlovBot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Saralashdan o‘tgan loyihalar Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan Assambleyada taqdim etiladi va g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.

G‘oyangizni keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 13, 2026📚 “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni o‘qish kerak? “Mi…
  2. Oct 12, 2026Ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat org…
  3. Oct 12, 2026“Eng ishongan kadrimni olib kelib, taʼlim vaziri qildim” — Shavkat Mirziyoyev nega Erkinjo…
  4. Oct 12, 2026🧪Kimyo fani o‘qituvchilari uchun onlayn musobaqa 🔹 Sinovtest ilovasida o‘qituvchilar uch…
  5. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
  6. Oct 12, 2026⚡️ Hurmatli pedagoglar, murojaatlaringiz holatini muntazam tekshirib boring! "Pedagog" pla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →