⚡️ Hurmatli pedagoglar, murojaatlaringiz holatini muntazam tekshirib boring!
"Pedagog" platformasida yuborilgan arizalar operatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar murojaatda kamchilik yoki aniqlashtirish talab qilinadigan ma’lumotlar aniqlansa, ariza “Qayta tahrirlash” holatiga yuborilishi mumkin.
Bunday holatlarda ayrim pedagoglar arizasini qayta tahrirlashga yuborilganini sezmay qolishi mumkin.
Nima qilish kerak?
🔹“Murojaatlarim” bo‘limiga kiring;
🔹Yuborgan arizangiz holatini tekshiring;
🔹Agar “Qayta tahrirlash” holati ko‘rsatilgan bo‘lsa, arizaning “Batafsil” bo‘limiga kiring;
🔹Ushbu bo‘limda operator tomonidan qoldirilgan izoh va aniqlangan kamchiliklar bilan tanishing;
🔹Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, arizani qayta tahrirlang va yuboring.
📌 Eslab qoling: Arizangiz “Qayta tahrirlash” holatiga tushgan bo‘lsa, bu rad etilganini anglatmaydi. Operator izohida ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatib, murojaatni tahrirlab yuborishingiz mumkin.
✔️ Shu sababli “Murojaatlarim” bo‘limini muntazam tekshirib turishingizni tavsiya qilamiz.
Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.
Ushbu muhim eslatmani hamkasblaringizga ham yuboring.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Post #11523
15K
