Energiya saqlash loyihalariga berilgan yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 10 yillik imtiyozlar doirasi Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi. Bu imtiyozlar nafaqat akkumulyator va quyosh panellari joylashgan maydonlarga, balki zarur podstansiyalar, boshqaruv binolari va yordamchi infratuzilmaga ham tatbiq etilishini belgilaydi.
Shuningdek, Samarqandda boshlangan taqsimlash tarmoqlariga xususiy sektorni jalb etish amaliyoti Jizzax va Toshkent viloyatlarida ham davom ettiriladi. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga ham xususiy sarmoya yo‘naltiriladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlari hisobidan daromad olishi mumkin.
⛔Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Eng arzon energiya — tejalgan energiya”.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
