🔵 O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari Jo‘rabek Shakarov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida joylashgan qator sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🔴 O‘rganish davomida ishchi guruh “FM WORLD” MChJ, “WOSUNE FOOD INGREDIENTS KARSHI” MChJ hamda “AVTOTRAKTORRADIATOR” MChJ QK korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan yangi loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar mobaynida korxona mutasaddi va vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish hamda muvofiqlikni baholash sohalaridagi mavjud muammolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish va sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha atrofli tushuncha hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔵Sanoat korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
🔴 Mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish;
🏙 Korxonalar faoliyatini zamonaviy sifat infratuzilmasi talablariga to‘liq muvofiqlashtirish;
👚 Ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlarni keng tatbiq etish.
🟢 Amalga oshirilayotgan ushbu tizimli chora-tadbirlar hududdagi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish, mahsulotlar sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube



