Saudiya Arabistoni ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi
Prezident Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqot davomida amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanini qayd etishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #105169
1.1K



- 👍 103
- 🔥 10
- ❤ 9