TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105162 1.18K
– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z kelajagimiz va farovonligimizning mustahkam tayanchi. Bizga quruq sarmoya emas, qalban bog‘langan o‘zaro ishonch va chin sheriklik kerak. Bugungi muloqotimizning bosh mazmuni ham shunda.

Har bir yangi loyiha hududlarimizdagi chinakam o‘zgarish, odamlarimizning o‘z hayoti, o‘z ishi va o‘z taraqqiyoti uchun mustahkam zamin degani. Shu bois, hamkorligimizdagi bosh tamoyil bitta: sizning investitsiyangiz mamlakatimiz taraqqiyotiga qanchalik nur olib kirsa, yurtimizdagi yuksalish sizning o‘z muvaffaqiyatingizga shunchalik keng yo‘l ochadi.

Chin ma’nodagi sheriklik bu – o‘zaro ishonch, o‘zaro mas’uliyat va o‘zaro manfaatdir
,– dedi Prezident.

Davlat rahbari investorlarning asosli takliflarini eshitish, muammolarini hal qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shundan so‘ng sarmoyadorlar bilan bevosita muloqot qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 33
  • ❤ 11
  • 🔥 11
More from @uzreport_uz
  1. Oct 16, 2026Davlat rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqil…
  2. Oct 16, 2026Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muho…
  3. Oct 16, 2026Prezident “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-ener…
  4. Oct 16, 2026Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan bo‘lajak tadbirlar kun tartibin…
  5. Oct 16, 2026Shavkat Mirziyoyev BAA investorlarini qabul qildi Prezident Toshkent shahrida Yoqilg‘i-ene…
  6. Oct 16, 2026Prezident “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →