TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105152 597
2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan

Buning natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 mlrd kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54% ga yetadi.

“Yashil” quvvatlarni tez yaratish uchun loyihalar ko‘pincha investorlar taklif qilgan hududlarda joylashtirildi. Bu ko‘plab sarmoya jalb etish imkonini berdi. Biroq ayrim joylarda quvvatlar to‘planib, elektrni boshqa hududlarga yetkazish xarajatlari oshdi.

– Bizga alohida-alohida elektr stansiyalari emas, uzviy bog‘langan energetika tizimi kerak,– dedi Prezident.


Endi qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalashtirilib, tayyor loyihalar ochiq tanlovga chiqariladi.

Tanlovga qo‘yiladigan har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va muddati, elektrni xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun talablar teng bo‘ladi, to‘lov intizomi va xatarlarni kamaytirish mexanizmlari mustahkamlanadi.

Yaqinda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol stansiyasining loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 23
  • 🔥 12
  • ❤ 9
More from @uzreport_uz
  1. Oct 16, 2026Davlat rahbari investorlarga: “Prezident komandasi sizlarga ko‘makchi bo‘ladi!” Prezident…
  2. Oct 16, 2026“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”,- dedi Prezident. Ijtimoiy soha obyektlari va suv…
  3. Oct 16, 2026Birinchi marta energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqi…
  4. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda: “…
  5. Oct 16, 2026Prezident yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqotni boshladi Davlat…
  6. Oct 16, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →