Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi
Davlat rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin! – dedi Prezident.
Uchrashuvda ushbu natijalar ortida sportchilarning ota-onalari, birinchi ustozlari, murabbiylari va ularni qo‘llab-quvvatlagan jamoalar turgani taʼkidlandi. Prezidentimiz jahon chempioni Rustam Qosimjonov tajriba va bilimini yangi avlodga yetkazib kelayotganini alohida eʼtirof etdi.
– Ustozning eng katta g‘alabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir! – dedi davlat rahbari.
Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchiga 200 ming dollardan, ularning murabbiylariga 50 ming dollardan pul mukofoti ajratildi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollardan, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan berildi.
Uchrashuv yakunida Prezident terma jamoalar a‘zolari va ularning ota-onalari bilan birgalikda suratga tushdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104761
2.37K




- 👍 52
- 🔥 47
- ❤ 17