Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu, samimiy tilaklarini yetkazib, O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turishini ta'kidladi.
O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijalari va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi.
"Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman", — deyiladi xabarda.



