TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105127 1.18K
Oʻzbekiston yetakchisi Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi

Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Manet bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tizimli siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, parlamentlararo, madaniy-gumanitar va sayyohlik yoʻnalishlaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, jumladan, mamlakatlarning sanoat salohiyatini namoyish etish uchun koʻrgazmalar oʻtkazish va ishbilarmonlik delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, BMT, ShHT, ASEAN, Qoʻshilmaslik harakati va boshqa tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 51
  • 🔥 34
  • ❤ 18
More from @uzreport_uz
  1. Oct 16, 2026Qashqadaryoning Nishon va Gʻuzor tumanlaridagi yaylovlarda sunʼiy yoʻldosh kuzatuvi yoʻlga…
  2. Oct 16, 2026AQSHda 16 yoshli o‘smir maktabda otishma uyushtirib, uch o'quvchi va bir o'qituvchini o‘ld…
  3. Oct 16, 2026OTMlarda kontrakt to‘lovlarini to'lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi Mazkur muddat bak…
  4. Oct 15, 2026O‘zbekiston PA rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Dog‘a…
  5. Oct 15, 2026Omonov Farruh boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidenti Administratsiyasi Kommunika…
  6. Oct 15, 2026Xudayberdiyev Xushnud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →