Davlat rahbari turizmni yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani kengaytirish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targ‘ib etish muhimligini ta’kidladi.
“Biz bu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirib, go‘zal diyorimizni jahondagi zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi yanada rivojlangan eng mashhur turizm markazlaridan biriga aylantirishga qaror qilganmiz”.
Prezident soha vakillarini bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va faoliyatlarida omad tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
