O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etilmoqda
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gvido de Sanktis bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining Italiyadagi yetakchi klinika va universitetlarda stajirovkasini kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, elchi o‘zbekistonlik hamshiralarni Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga chaqirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104757
1.5K
