“Nasaf” poyezdi va Guliston vokzalining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
✅Bugun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori Sherali Yusupov hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirokida Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 716-sonli “Nasaf” poyezdi va Guliston temir yo‘l vokzalining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
➡️O‘rganish davomida mavsumiy tayyorgarlik ishlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlariga e’tibor qaratildi. Kuz-qish mavsumida yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🍔Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning savollari, fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Suhbat davomida mehnat sharoitlari, kundalik faoliyatda yuzaga kelayotgan masalalar hamda ish jarayonlarini yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
Post #4738
3.26K








- 👍 12
- ❤ 6
- 🤩 2
- 🔥 1
- 👌 1