TGViewer
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi @uzmilliymedia · 1.33K subscribers
Post #4570 92
👍O‘ZBEKISTON MEDIASI: GLOBAL AXBOROT MAYDONIDA YANGI IMKONIYATLAR SARI

➡️Bugun mamlakatning global axborot maydonidagi o‘rni media tashkilotlarining xalqaro hamkorlik, kontent yaratish va professional muloqot jarayonlaridagi faol ishtiroki bilan ham belgilanadi.

➡️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi xalqaro aloqalarni milliy media industriyasining raqobatbardoshligini oshirish, yangi auditoriyalarga chiqish va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida ko‘radi.


⚫️Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Georgia–Uzbekistan Silk Road” xalqaro biznes forumi doirasida Assotsiatsiya vakillari hamda sobiq Forbes nashri muharriri Mariam Sparsiashvili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚫️Muloqotda xalqaro media hamkorlikni kengaytirish, professional tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

✔️
Xalqaro hamkorlikning haqiqiy qiymati uchrashuvlar soni bilan emas, balki ularning milliy media industriyasi uchun qanday amaliy imkoniyatlarga aylanishi bilan belgilanadi.

✔️
Shu bois Assotsiatsiya xalqaro muloqotni tizimli hamkorlikka aylantirish, oʻziga a’zo media subyektlarni global professional hamjamiyat bilan bog‘lash va O‘zbekiston mediasining xalqaro axborot maydonidagi ishtirokini kengaytirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘radi.


👍Maqsad — O‘zbekiston haqida dunyoda ko‘proq axborot tarqatish bilangina cheklanmay, milliy medianing xalqaro axborot maydonida faol ishtirokchiga aylanishiga ko‘maklashishdir.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 🔥 4
  • 🤝 2
  • 👏 1
More from @uzmilliymedia
  1. Oct 7, 2026🇺🇿“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqi…
  2. Oct 6, 2026🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlov ⚫️Qutbiddinova Nodira Oybek qi…
  3. Oct 6, 2026🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlovlar ➡️Achilov Fayyoz Sherqulovi…
  4. Oct 6, 2026👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Odiljon Tojiyev Davlat aktivla…
  5. Oct 3, 2026👍“Media Camp – 2026”: ishonchli hamkorlar bilan amalga oshgan tashabbus ➡️O‘zbekiston Mil…
  6. Oct 3, 2026🔥“Media Camp – 2026” doirasida “Fonus” loyihasi filmi namoyish etildi O‘tgan yili Respubl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →