TGViewer
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi @uzmilliymedia · 1.34K subscribers
Post #4555 218
🔥“Media Camp – 2026” doirasida “Fonus” loyihasi filmi namoyish etildi

O‘tgan yili Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Fonus” loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli film suratga olinib, tomoshabinlarga taqdim etilgan edi.

Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Fonus” filmi ta’lim, fidoyilik va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini insoniy taqdirlar orqali ochib beradi.

Quvonarlisi, mazkur film xalqaro 5th Jordan Children & Youth’s Film Festivalda O‘zbekiston nomidan ishtirok etib, Hakamlar hay’atining maxsus e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ana shunday xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan “Fonus” filmi “Media Camp – 2026” dasturining madaniy hordiq qismi doirasida oromgoh ishtirokchilari uchun maxsus namoyish etildi.

Namoyish ishtirokchilar uchun nafaqat maroqli hordiq, balki kino orqali ta’lim, fidoyilik, insoniy qadriyatlar va ma’rifatning kuchi haqida yana bir bor mushohada yuritish imkoniyati bo‘ldi.


🔥Mazmunli kino kechasining munosib muhitda o‘tishiga hissa qo‘shib, zarur texnik va tashkiliy sharoitlarni yaratgan “Za’faron Premium Zomin” jamoasiga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 🔥 5
  • ❤‍🔥 3
  • 👏 3
More from @uzmilliymedia
  1. Oct 12, 2026👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotl…
  2. Oct 9, 2026👍O‘ZBEKISTON MEDIASI: GLOBAL AXBOROT MAYDONIDA YANGI IMKONIYATLAR SARI ➡️Bugun mamlakatni…
  3. Oct 7, 2026🇺🇿“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqi…
  4. Oct 6, 2026🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlov ⚫️Qutbiddinova Nodira Oybek qi…
  5. Oct 6, 2026🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlovlar ➡️Achilov Fayyoz Sherqulovi…
  6. Oct 6, 2026👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Odiljon Tojiyev Davlat aktivla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →