⚫️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi raisi etib saylandi.
⚫️Mazkur qaror Agentlikda bo‘lib o‘tgan Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Avval kengashga “Yuksalish” umummilliy harakati vakili Bobur Bekmurodov rahbarlik qilgan.
⚫️“Yuksalish” harakati jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholash va ularning reytingini shakllantirish jarayonida ishtirok etishi sababli manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, baholash jarayonlarida xolislik va mustaqillikni ta’minlash maqsadida kengash rahbariyatini yangilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi Odiljon Tojiyevni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaydi hamda faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi!
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X


