TGViewer
Channel Public Channel
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

@uzmilliymedia

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/uzmilliymedia
Facebook: facebook.com/uzmilliymedia
Subscribers
1.33K
Photos
2.9K
Videos
886
Links
2.2K
Recent Posts 9 shown
Post #4570 77
👍O‘ZBEKISTON MEDIASI: GLOBAL AXBOROT MAYDONIDA YANGI IMKONIYATLAR SARI

➡️Bugun mamlakatning global axborot maydonidagi o‘rni media tashkilotlarining xalqaro hamkorlik, kontent yaratish va professional muloqot jarayonlaridagi faol ishtiroki bilan ham belgilanadi.

➡️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi xalqaro aloqalarni milliy media industriyasining raqobatbardoshligini oshirish, yangi auditoriyalarga chiqish va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida ko‘radi.


⚫️Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Georgia–Uzbekistan Silk Road” xalqaro biznes forumi doirasida Assotsiatsiya vakillari hamda sobiq Forbes nashri muharriri Mariam Sparsiashvili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚫️Muloqotda xalqaro media hamkorlikni kengaytirish, professional tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

✔️
Xalqaro hamkorlikning haqiqiy qiymati uchrashuvlar soni bilan emas, balki ularning milliy media industriyasi uchun qanday amaliy imkoniyatlarga aylanishi bilan belgilanadi.

✔️
Shu bois Assotsiatsiya xalqaro muloqotni tizimli hamkorlikka aylantirish, oʻziga a’zo media subyektlarni global professional hamjamiyat bilan bog‘lash va O‘zbekiston mediasining xalqaro axborot maydonidagi ishtirokini kengaytirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘radi.


👍Maqsad — O‘zbekiston haqida dunyoda ko‘proq axborot tarqatish bilangina cheklanmay, milliy medianing xalqaro axborot maydonida faol ishtirokchiga aylanishiga ko‘maklashishdir.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 🔥 4
  • 🤝 2
  • 👏 1
Post #4567 208
🇺🇿“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.

🔺Sammit 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

🔺Tadbir bolalar farovonligi, ularning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyotni ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • ❤ 1
Post #4566 432
🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlov

⚫️Qutbiddinova Nodira Oybek qizi O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

⚫️U bunga qadar Assotsiatsiyaning Tarmoq tahlili va media monitoring bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

⚫️Yangi lavozimda N.Qutbiddinova Assotsiatsiyaning axborot siyosatini yuritish, OAV va jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish hamda tashkilot faoliyatini keng jamoatchilikka tezkor va tizimli yoritib borish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.


Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 👍 10
  • ❤‍🔥 6
  • 🔥 6
  • ❤ 2
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🆒 1
  • 💘 1
Post #4565 377
🔥O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida yangi tayinlovlar

➡️Achilov Fayyoz Sherqulovich O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Tarmoq tahlili va media monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➡️F. Achilov bunga qadar O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

➡️Karimov Rasuljon Rafiq o‘g‘li O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Ijro nazorati va axborot tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➡️R. Karimov bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi yangi lavozimga tayinlangan rahbarlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.
  • 👏 6
  • 👍 5
  • ❤ 3
Post #4562 311
👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Odiljon Tojiyev Davlat aktivlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi

⚫️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi raisi etib saylandi.

⚫️Mazkur qaror Agentlikda bo‘lib o‘tgan Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Avval kengashga “Yuksalish” umummilliy harakati vakili Bobur Bekmurodov rahbarlik qilgan.

⚫️“Yuksalish” harakati jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholash va ularning reytingini shakllantirish jarayonida ishtirok etishi sababli manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, baholash jarayonlarida xolislik va mustaqillikni ta’minlash maqsadida kengash rahbariyatini yangilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi Odiljon Tojiyevni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaydi hamda faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi!

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #4561 306
👍“Media Camp – 2026”: ishonchli hamkorlar bilan amalga oshgan tashabbus

➡️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va BMB HOLDING o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida media sohasi rivojiga qaratilgan qator tashabbus va loyihalar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

➡️“Media Camp – 2026” navqiron jurnalistlar media-oromgohi ham mazkur samarali hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasi bo‘ldi. Loyihaning bosh homiysi sifatida BMB HOLDING tadbirni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va dastur doirasidagi tadbirlarni samarali tashkil etishda yaqindan ko‘maklashdi.

➡️Shuningdek, BMB HOLDING tarkibidagi “Za’faron Premium Zomin” mehmonxonasi media-oromgohning ta’limiy, ijodiy va madaniy dasturlarini munosib sharoitda tashkil etish uchun zarur infratuzilma va xizmatlarni taqdim etdi.

➡️O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomidan BMB HOLDING, shuningdek, “Za’faron Premium Zomin” mehmonxonasi rahbariyati va jamoasiga “Media Camp – 2026”ni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘rsatgan amaliy ko‘magi, qo‘llab-quvvatlovi hamda samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildiramiz.


👍Mazkur hamkorlik kelgusida ham media sohasi rivojiga xizmat qiluvchi yangi tashabbus va loyihalar bilan izchil davom etishiga ishonamiz.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👍 2
Post #4555 192
🔥“Media Camp – 2026” doirasida “Fonus” loyihasi filmi namoyish etildi

O‘tgan yili Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Fonus” loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli film suratga olinib, tomoshabinlarga taqdim etilgan edi.

Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Fonus” filmi ta’lim, fidoyilik va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini insoniy taqdirlar orqali ochib beradi.

Quvonarlisi, mazkur film xalqaro 5th Jordan Children & Youth’s Film Festivalda O‘zbekiston nomidan ishtirok etib, Hakamlar hay’atining maxsus e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ana shunday xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan “Fonus” filmi “Media Camp – 2026” dasturining madaniy hordiq qismi doirasida oromgoh ishtirokchilari uchun maxsus namoyish etildi.

Namoyish ishtirokchilar uchun nafaqat maroqli hordiq, balki kino orqali ta’lim, fidoyilik, insoniy qadriyatlar va ma’rifatning kuchi haqida yana bir bor mushohada yuritish imkoniyati bo‘ldi.


🔥Mazmunli kino kechasining munosib muhitda o‘tishiga hissa qo‘shib, zarur texnik va tashkiliy sharoitlarni yaratgan “Za’faron Premium Zomin” jamoasiga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 🔥 5
  • ❤‍🔥 3
  • 👏 3
Post #4554 178
🔥Bu yilgi “Media Camp” nimasiz Media Camp bo‘lmasdi?

🔹Kimdir uchun — yangi tanishuvlarsiz,
kimdir uchun — hamkasblarisiz,
yana kimdir uchun esa — “Za’faron”siz.

🔹Ishtirokchilarga aynan shu savol bilan yuzlandik. Javoblar turlicha, ammo ularni birlashtiradigan jihat bor: “Media Camp – 2026” har bir ishtirokchida o‘ziga xos taassurot va unutilmas xotiralar qoldirdi.

🔹Va, albatta, bu xotiralarning bir qismi bizni iliq kutib olgan, dam olish va samarali ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratgan “Za’faron Premium Zomin” mehmonxonasi bilan bog‘liq.


🔥“Media Camp – 2026”ga o‘zgacha muhit, qulaylik va mehmondo‘stlik baxsh etgani uchun “Za’faron Premium Zomin” jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
Post #4546 185
🔥“Media Camp – 2026” doirasida “Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ta’siri: davlat siyosati, jamoatchilik fikri va mafkuraviy mas’uliyat” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

✔️Mashg‘ulotni Respublika Ma'naviyat
va ma'rifat markazining Vazirlik, idorava tashkilotlar bilan hamkorlik boʻlimi boshligʻi, sotsiologiya fanlari doktori
Suxrob Xidirov olib bordi.

✔️Seminar davomida ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rni, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ta’siri, axborot makonida kasbiy va mafkuraviy mas’uliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy media sharoitida jurnalist va OAV vakillarining mas’uliyati, axborotni xolis va ishonchli yetkazish, jamiyat bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.


Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
  • 👏 4
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzmilliymedia without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi have?
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (@uzmilliymedia) has 1.33K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →