Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.
📌 Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi.
“Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, - dedi Prezident.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official