TGViewer
Channel Public Channel
UzFHM

UzFHM

@uzfhm

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Subscribers
4.26K
Photos
5K
Videos
269
Links
1.8K

Showing posts older than #5477 · Back to latest

Older Posts 14 shown
Post #5474 1.33K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 3-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5473 2.39K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" musobaqasida ishlaydi.

Bugun "FIFA ASEAN Cup 2026" musobaqasi guruh bosqichi doirasidagi Indoneziya va Bangladesh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Yordamchi hakam: Sanjar Shoyusupov
🖥VAR hakami: Ahrol Risqullayev
🖥 AVAR hakami: Ibrohim Ismoilov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5471 1.52K
📋 O‘FA prezidenti tomonidan O‘zbekistonda futbol hakamligini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

🔸O‘zbekistonda futbol hakamligini yanada rivojlantirish, hakamlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan yangi avlod hakamlarini tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🔹Mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish, hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔸Shu maqsadda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Farxod Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha muhim vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. U 2021–2026-yillarda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Hakamlar departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 15 yildan ortiq vaqt davomida FIFA va OFK hakamlar eksperti sifatida faoliyat olib kelgan.

🔹Farxod Abdullayev 2018, 2022 va 2026-yillarda o‘tkazilgan Jahon chempionatlari uchun hakamlarni tayyorlash panelida faoliyat yuritgan. 2011-yildan buyon 50 dan ortiq mamlakatda FIFA va OFKning 170 dan ziyod kurs va seminarlarini o‘tkazgan hamda 30 yildan ortiq hakamlik tajribasiga ega.

🔸O‘FA prezidenti tomonidan Farxod Abdullayevga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani O‘zbekiston hakamlik tizimiga keng joriy etish, shuningdek, VAR tizimini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

✔️ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash orqali O‘zbekistonda futbol hakamligining sifat bosqichini yangi darajaga olib chiqish, xalqaro maydonda raqobatbardosh hakamlarni tayyorlash va hakamlik maktabini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5470 1.42K
🇺🇿 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni!

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi yosh avlodga bilim va tajribasini ulashayotgan ustozlarni, futbol hakamlariga o‘z saboqlari bilan yo‘l ko‘rsatayotgan murabbiylarni, shuningdek, faxriy hakamlarimizni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi!

Siz va oila aʼzolaringizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodat tilaymiz. Mashaqqatli, ammo sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar yor bo‘lsin!

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5469 1.54K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlari finallarida ishlaydi.

3-oktabr kuni Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlari doirasida Koreya Respublikasi va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi erkaklar final uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Yordamchi hakam: Ruslan Serazitdinov
🖥 VAR hakami: Firdavs Norsafarov

Shuningdek, Firdavs Norsafarov 2-oktabr kuni Shimoliy Koreya va Yaponiya ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvida ham VAR hakami sifatida ishlaydi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5466 1.54K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 2-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5463 1.76K
📋 Futzal: Oliy liga 2-tur 1-kun uchrashuvlari hakamlar jamoasi bilan tanishing.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5462 2.33K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" musobaqasida ishlaydi.

29-sentabr kuni Indoneziyada "FIFA ASEAN Cup 2026" musobaqasi guruh bosqichi doirasidagi Filippin va Pokiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
⚽️ Yordamchi hakam: Akmal G‘iyosov, Islom Azimov
🖥VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukrullayev.
🖥 AVAR hakami: Alisher Usmonov.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5461 2.21K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydi.

29-sentabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
⚽️ Yordamchi hakam: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5460 2.16K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarining yarim final uchrashuvida ishlaydi.

29-sentabr kuni Osiyo o‘yinlari doirasidagi KXDR va Xitoy ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib boradi.

⚽️ Yordamchi hakam: Kristina Sereda
🖥 VAR hakami: Firdavs Norsafarov
⚽️ AVAR hakami: Roziyabonu Yusupova

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5459 2.85K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar 2027 yilgi Osiyo kubogida faoliyat olib boradi.

2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.

Jumladan, Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida turnir uchrashuvlarida xizmat qiladi.

Shuningdek, Valentin Kovalenko Osiyo kubogida hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5458 2.81K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarining chorak final uchrashuvida ishlaydi.

25-sentabr kuni Aichi-Nagoya Osiyo o‘yinlari doirasida Koreya Respublikasi va Vyetnam terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

⚽️ Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
⚽️ Yordamchi hakam: Ruslan Serazitdinov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Post #5457 2.99K
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishlaydi.

24-sentabr kuni Xitoyning Chunsin shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

🇨🇳 Xitoy — Maldiv orollari 🇲🇻

⚽️ Bosh hakam: Asker Najafaliyev
⚽️ Yordamchi hakam: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →