TGViewer
UzFHM UzFHM @uzfhm · 4.26K subscribers
Post #5471 1.52K
📋 O‘FA prezidenti tomonidan O‘zbekistonda futbol hakamligini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

🔸O‘zbekistonda futbol hakamligini yanada rivojlantirish, hakamlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan yangi avlod hakamlarini tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🔹Mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish, hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔸Shu maqsadda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Farxod Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha muhim vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. U 2021–2026-yillarda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Hakamlar departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 15 yildan ortiq vaqt davomida FIFA va OFK hakamlar eksperti sifatida faoliyat olib kelgan.

🔹Farxod Abdullayev 2018, 2022 va 2026-yillarda o‘tkazilgan Jahon chempionatlari uchun hakamlarni tayyorlash panelida faoliyat yuritgan. 2011-yildan buyon 50 dan ortiq mamlakatda FIFA va OFKning 170 dan ziyod kurs va seminarlarini o‘tkazgan hamda 30 yildan ortiq hakamlik tajribasiga ega.

🔸O‘FA prezidenti tomonidan Farxod Abdullayevga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani O‘zbekiston hakamlik tizimiga keng joriy etish, shuningdek, VAR tizimini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

✔️ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash orqali O‘zbekistonda futbol hakamligining sifat bosqichini yangi darajaga olib chiqish, xalqaro maydonda raqobatbardosh hakamlarni tayyorlash va hakamlik maktabini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
More from @uzfhm
  1. Oct 6, 2026🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvini boshqarib borgan hak…
  2. Oct 6, 2026⚽️ Proliga–2026: 21-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing. O‘zbekiston Proligasinin…
  3. Oct 5, 2026⚽️Superliga-2026: 23-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing. Superliganing 23-tur o‘…
  4. Oct 5, 2026📋 O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga klublari bilan ochiq muloqotni davom ett…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →