TGViewer
UzFHM UzFHM @uzfhm · 4.26K subscribers
Post #5504 1.42K
📋 O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga klublari bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbariyati tomonidan Superliga klublari bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar "Qizilqum" jamoasi bilan tashkil etildi.

Muloqotlarda klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, fan-klub vakillari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida hakamlik faoliyati bo‘yicha bildirilgan e’tiroz va takliflar, Superliga hamda O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar, shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqotda jamoalarning oldindagi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va klublar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar yuzasidan e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, klub vakillari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent shahridagi VAR markazida ushbu holatlarni tahlil qilish, VAR yozuvlarini tinglash hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Reja asosida Superliganing barcha jamoalari bilan navbatma-navbat ana shunday ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Markaz rahbariyati hududlarni bosqichma-bosqich aylanib, klublar rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va boshqa vakillar bilan yuzma-yuz uchrashib, hakamlik faoliyati, mavjud masalalar hamda o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
More from @uzfhm
  1. Oct 6, 2026🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar "FIFA ASEAN Cup 2026" final uchrashuvini boshqarib borgan hak…
  2. Oct 6, 2026⚽️ Proliga–2026: 21-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing. O‘zbekiston Proligasinin…
  3. Oct 5, 2026⚽️Superliga-2026: 23-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing. Superliganing 23-tur o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →